Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Komil Allamjonovga suiqasd bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Foto: Bosh prokuratura
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, 26 oktyabr kuni soat 01:40 larda fuqaro S.S.ning boshqaruvidagi “Range Rover” rusumli avtomashina Qibray tumani, Ifor ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan vaqtida 2 nafar noma’lum shaxslar mazkur avtomashinaga o‘qotar qurolidan bir necha marotaba o‘q uzib, noma’lum tomonga yashirinishgan.

Ushbu holatda biror-bir shaxs tan jarohati olmagan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Gumon qilinuvchi shaxslarni aniqlash va ushlash yuzasidan tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Hozirda tegishli idoralarning malakali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tuzilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr tunda Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti sobiq rahbari Komil Allamjonovga qurolli hujum uyushtirilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar