Tasavvur shunday kuchki, siz undan doimiy foydlanishingiz kerak. Tasavvur ikki shaklda mavjud bo‘ladi. Birinchi shakli qo‘shma tasavvur bo‘lib, o‘zida ma’lum g‘oyalar, konsepsiya, rejalar yoki qandaydir usullar bilan tashkil etilgan, avvalgilaridan farq qiladigan dalillarni jamlagan bo‘ladi. Ikkinchi shakli ─ yaratuvchi tasavvur. U oltinchi sezgi yordamida ishlaydi va yangi g‘oyalar hamda yangi dalillar o‘sib chiqishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan birga ilhomlanishning yuzaga kelishi uchun ajoyib vositaga aylanadi.
Mashhur Tomas Edison yuqoridagi qo‘sh tasavvurdan cho‘g‘lanma lampa ixtiro qilishda foydalangan. U ikki ma’lum fizik prinsipni bir joyga yangitdan qo‘shgan edi: pista ko‘mirni hosil qilish va kislorodsiz yonishni ta’minlashning mumkin emasligini.
Meriland shtatida yashovchi doktor Eller R.Geyts bunyod etuvchi tasavvurning ajoyib namunasini ko‘rsatdi. Uning patentlar soni Edisonnikidan ko‘p va ularning katta qismini oltinchi tuyg‘usidan foydalanib qo‘lga kiritgan, bu esa Geytsda nihoyatda kuchli rivojlangan edi.
Yorug‘lik va tovush o‘tkazmaydigan xonada o‘tirib, jahlini chiqaradigan barcha narsalardan o‘zini ajratgan doktor Geyts bor diqqatini jamlab, tegishli axborotni olishga kirishdi. Bu axborot oltinchi sezgi yordamida kelgach, chiroqni yoqib yozib oldi. Qizig‘i shundaki, Geyts o‘ylamagan g‘oyalar ba’zan kallasiga kelib qolardi. Aynan shu omillar uning kashfiyotlari asosini tashkil etardi.
Insonning besh sezgisi uning moddiy dunyo bilan aloqasini ta’minlaydi. Ammo oltinchisi botiniy ong yordamida ishga tushib, koinotning ko‘zga ko‘rinmas kuchlari bilan bog‘laydi. Boshqa yo‘l orqali egallab bo‘lmaydigan bilimlarni unga juda qulay qilib qo‘yadi.
Bunyod etuvchi tasavvurning oltinchi sezgisi ham qolgan beshta sezgi kabi sizning irodangizga bo‘ysunib qoladi. Agar undan muntazam foydalansangiz, ishlaringiz besh bo‘ladi. Muvaffaqiyat qozongan odamlar o‘z ongining qurilma tizimini quyidagicha tuzadilar: ular ba’zan bu haqda o‘zlariga hisob bermaydilar, vassalom!
Aynan bunyodkorona tasavvur Mayyami Bichda hashamdor «Fonteblo» mehmonxonasini qurish imkonini berdi. Mehmonxona biznesi bo‘yicha mutaxassis Ben Novak Mayyamiga cho‘ntagida 1800 dollar, kallasida esa hashamatli mehmonxona to‘g‘risidagi orzu bilan qadam qo‘ydi. Yangi inshoot shu qadar dabdabaga ega bo‘lishi kerak ediki, bunday dam olish imkoniyatini tasavvur ham qilib bo‘lmasdi. Uning dovrug‘i yetti iqlimga taralishi kerak edi. O‘z resurslarini g‘ayrat-shijoat bilan oqilona sarflab, orzularini moliyachilarga aytib bergan Novak bunyodkorlik tasavvurini ishlatishga majbur etdi. U barchasini yagona maqsadga jamlab, orzusini haqiqatga aylantirdi.
Kanadaning Labrador yarimorolida ovchi Klarens Berdsay bir kuni tasodifan muzlagan karamni yeb ko‘rdi. Kallasiga tez muzlaydigan taomni sotish g‘oyasi kelib qoldi. Hozir ushbu biznes uning nomi bilan yuritiladi.
Siz ham Ben Novak va Klarens Berdsay yo‘l tutganidek, tasavvuringizni o‘zingiz uchun ishlata olmaysizmi?
Oltinchi sezgidan foydalanishning eng samarali usuli shundaki, siz bir varaq qog‘ozga maqsadingiz yoki hal etishingiz kerak bo‘lgan muammoni aniq-tiniq qilib yozing. Keyin ushbu matn mazmunini har kuni xuddi ibodat shaklidek bir necha bor takrorlang. Mazkur so‘zlar shunday ishonch kuchiga ega bo‘lmog‘i kerakki, siz intilishlaringiz mevasi sifatida ko‘ra oladigan holatda bo‘ling. Agar ushbu usul istalgan natijani bermasa, harakatni davom ettiring. Har safar Yaratganga shukronalar ayting, maqsadingizga erishgandek bo‘lsangiz ham intilishlaringiz predmeti hali sizga tegishli bo‘lmasa-da, minnatdorligingizni ma’lum qiling.
Muvaffaqiyatga erishish uchun o‘zingizni ishontirishga majbur eting. Muvaffaqiyatning kaliti ana shu qobiliyatingizga bog‘liq. Yodingizda bo‘lsin: siz aqlingiz yordamida tafakkuringiz egallashi lozim bo‘lgan barcha narsaga ega bo‘lishingiz mumkin.
(Napoleon Xill kitobidan)
Manba: Xabar.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi