19:19 / 01.11.2024
24

Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari qamoqqa olingani aytilmoqda

Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari qamoqqa olingani aytilmoqda
Botirjon Hamroyev
Foto: Andijon viloyat hokimligi axborot xizmati

Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Hamroyevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangani aytilmoqda. Bu haqda “Daryo” manbasi xabar bermoqda.

Viloyat hokimligida ishlovchi “Daryo” manbalarining ma’lum qilishicha, Botirjon Hamroyevning xonadonida o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida budjet mablag‘larining talon-toroj qilinishi, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va boshqa holatlar bo‘yicha tergovga chaqirtirilgan va protsessual tartibda ushlangan.

Aniqlanishicha, Botirjon Hamroyevga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Botirjon Hamroyev 2019 yildan buyon viloyat hokimi o‘rinbosari sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan viloyat hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Ilhom Sobirov tayinlanganini xabar qilgandi. Biroq sobiq o‘rinbosari nima sababdan ishdan ketgani aytilmagandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari qamoqqa olingani aytilmoqda