45
Qo‘shtepa kanali bo‘yicha afg‘on-o‘zbek muzokaralarning uchinchi bosqichi Toshkentda o‘tkaziladi
Foto: Ariana News
Ergashevning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston va O‘zbekiston delegatsiyalarining uchinchi qo‘shma uchrashuvi yaqin kunlarda Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv avvalgi muhokamalarga asoslanadi va loyihaning oldinga siljish jarayonida ikkala davlat ham o‘z manfaatlari ta’minlanishiga harakat qiladi. Bu haqda TOLOnews xabar berdi.
Ismatulla Ergashev Afg‘oniston Amudaryo suvidan foydalanish huquqiga ega ekanligini va bu resursdan kelishilgan taqsimot asosida foydalanish kerakligini ta’kidladi.
«Afg‘oniston va afg‘on xalqi birinchi navbatda Amudaryo suvidan foydalanish huquqiga ega ekanligini ta’kidlash lozim. Bu borada hech qanday muammo yoki kelishmovchilik yo‘q. Asosiy savol - Amudaryodan qancha suv olish kerakligi. Bu yerda Amudaryoning suv resurslaridan foydalanayotgan barcha davlatlarning manfaatlarini hisobga olish kerak. Uchinchi masala - Amudaryodagi suv sathi har yili o‘zgarib turadi. Demak, suv sathi bir yil ko‘tarilib, bir yil tushib ketishi mumkin», dedi u.
Ergashvening ta’kidlashicha, Qo‘shtepa kanali qurilishi bo‘yicha qo‘shma delegatsiya tuzilgan.
«Hozirgacha ikkita uchrashuv o‘tkazildi. Biri Kobulda, ikkinchisi Mozori Sharifda bo‘lib o‘tgan. Uchinchi uchrashuv tez orada O‘zbekiston poytaxti Toshkentda bo‘lib o‘tadi», dedi u.
Afg‘onistonlik siyosiy tahlilchi Abdusodiq Hamidzoiy so‘zlariga ko‘ra, «Afg‘onistonning Amudaryoga bo‘lgan huquqi o‘rnatilgan va bu masalani hech kim tasdiqlash yoki rad etishiga hojat yo‘q».
Qo‘shtepa kanali Afg‘onistondagi eng yirik sug‘orish kanali bo‘lib, muvaqqat hukumat loyiha budjeti mamlakatdagi tog‘-kon ishlaridan tushadigan daromadlar hisobidan moliyalashtirilishini aytgan. Qo‘shtepa kanalining ikkinchi bosqichidagi ishlar Faryob viloyatining Andxo‘y tumanigacha yetib borgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi