date
views 92

Toshkentdagi yana uchta AYOQSHda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi

Toshkentdagi yana uchta AYOQSHda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
Foto: “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati
Toshkent shahridagi 3 ta AYOQSHda avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmaslik holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.

Yashnobod tumanida joylashgan “A.O.” va “O.O.” MCHJlarga qarashli 2 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida sotilayotgan avtobenzindan namuna olinib, laboratoriya tahlillaridan o‘tkazilganda Ai-80 va Ai-92-markali avtobenzin davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Bu kabi holat Yangihayot tumanida “F.G.S.” MCHJga qarashli AYOQSHda ham neft mahsuloti sifatsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQSHlarda kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi yana uchta AYOQSHda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
-->