21:30 / 05.11.2024
18

Xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi

Xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi
Foto: Google Images
Prezident tomonidan imzolangan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Unga ko‘ra, fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatganlik, shuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ko‘rsatganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda.

Mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda fuqarolarga tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi