22:10 / 06.11.2024
31

Yer maydoni yaroqli holatga keltirildi

Yer maydoni yaroqli holatga keltirildi
Majburiy ijro byurosi Chortoq tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlaridan so‘ng Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi manfaati yuzasidan chiqarilgan sud qarori ijrosi ta’minlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga ko‘ra javobgar A. B. ga nisbatan Chortoq tumani "Baliqliko‘l" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 0.15 ga yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmani buzdirish va yerni yaroqli holga keltirish belgilangan.

Mazkur ijro varaqasi yuzasidan Byuroning Chortoq tumani bo‘limi tomonidan harakatlar olib borilgan. Biroq, javobgar sud qarorini ixtiyoriy bajarmaganligi sababli majburiy ijro belgilangan.

Aynan bugun tegishli hamkor tashkilotlar bilan olib borilgan ijro harakatlari davomida sud qarorida ko‘rsatib o‘tilgan talablar bajarilib, javobgar hisobidan qurilma buzdirilishi ta’minlandi.

Ijro hujjati amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yer maydoni yaroqli holatga keltirildi