Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”
Toshkentdan Issiqko‘lga 2025 yilning yozidan poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, MDHga O‘zbekiston va Qirg‘iziston temiryo‘l ma’muriyatlari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida yuk tashish hajmlarini oshirish va tarif chegirmalarini qo‘llash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida asosiy yuklar — ko‘mir, sement va boshqa mahsulotlarni tashishda “Temiryo‘lkargo” AJ yuk vagon parklaridan foydalanish hamda tarozi xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar, shuningdek, 2025 yil yozida Toshkent—Ribache yo‘nalishida turistik poyezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi. Bu yo‘nalish ikki mamlakat o‘rtasida turizm aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.
Avvalroq Issiqko‘ldagi to‘rtta pansionat O‘zbekistonga berilgani ma’lum qilingandi. Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston hukumati bilan Issiqko‘ldagi kurort va dam olish maskanlari to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqlagandi. Bitim Sadir Japarovning iyul oyidagi O‘zbekistonga tashrifi doirasida imzolangan. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi ushbu kelishuvni 23 sentyabrda tasdiqlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi