32
Bag‘dod tumanida salkam 1,6 mlrd. so‘m qarzdorlik evaziga bino-inshoot auksionga chiqarildi
Majburiy ijro byurosi organlari ish yurituvidagi banklar foydasiga hal qilingan sud qarorlari ijrosini ta’minlash nazoratga olingan bo‘lib, bu borada muayyan ishlar qilinmoqda.
Rishton tumanlararo iqtisodiy sudining yildagi qarzdor Bag‘dod tumanidagi “A.N” MCHJdan 1.532.393.750so‘m kredit qarzdorligi undirish, undiruvni garov mulki hisoblangan bino-inshootga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Bag‘dod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Davlat ijrochisi tomonidan shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga yuborilgan.
Qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq qarzdorga ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsa-da, ijro hujjati talablari bajarilmagan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan va ijro hujjatida undiruv qaratilishi belgilangan bino-inshootlar tegishli tartibda xatlanib, boshlang‘ich bahosi 742.000.000 so‘mga “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdosiga chiqarildi. Kelgusida, mulk realizatsiyasidan kelib tushgan pul mablag‘lari qarzdorlikni qoplash uchun yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi