Favqulodda vaziyatlar vazirligi o‘rgangan monitoring hujjatlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022 yil is gazidan zaharlanish bo‘yicha 84 ta holat yuzaga kelib, 122 kishi halok bo‘lgan. Bunda yong‘in vaqtidagi holatlar ham hisobga olingan. 2023 yilda 46 ta holat yuzaga kelgan bo‘lsa, 2024 yilning shu davrida 32 ta holatda is gazidan zaharlanish sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev 7 noyabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Shuningdek, FVV mas’uli nega is gazidan zaharlanish yuzaga kelishi, u qanday qilib inson o‘limiga olib kelishini tushuntirdi.
«Aytib o‘tishimiz kerakki, bunda is gazi bilan zaharlanishda yuqorida aytib o‘tgan odamlarning halok bo‘lish ehtimoli ancha yuqori bo‘ladi. Biz kislorod bilan tirikmiz. Agar qisqa vaqt ichida, masalan, 5 daqiqa ichida kislorod miyamizga yetib bormasa, inson halok bo‘lishi mumkin.
Xona havosining taxminan 8 foizi kisloroddan tashkil topadi. Endi, agar o‘sha joyda bir metr kub gaz yonar ekan, xonamizdagi o‘n metr kub havoni yoqib qo‘yadi. Havo yo‘qolgach, uning o‘rnida is gazi paydo bo‘ladi.
Hozirgi kunda biz uyimizda ko‘p o‘zgartirishlarni kiritganmiz. Masalan, oshxona eshigi yoki tashqi tomondan kiradigan eshigimiz. Avvalgi standartlarni ko‘radigan bo‘lsak, mana shu eshikning tagida, oddiyroq qilib aytganda, bir barmoq sig‘adigan darajada tirqish bo‘lishi kerak. Tashqaridan havo kirishi kerak. Tashqaridan havo kirgandagina uyimizdagi shamollatish tizimi ishlaydi. Tashqaridan qo‘shimcha havo kiradi va bu yerdagi havo yoki paydo bo‘lgan yengil is gazi yuqoriga qarab harakatlanadi.
Shamollatish tizimi orqali bizda eshik va derazalar germetiklanib ketgan. Xonani isitishimiz kerak, lekin eshiklarni ham germetik qilib qo‘ysak, deraza romlari ham rezinali bo‘lsa, xonaga qo‘shimcha havo kirmagandan keyin yongan gaz hatto shamollatish tizimi ishlasa ham, o‘z ishini to‘la bajara olmaydi. Sirkulyatsiya — havoning almashinish jarayoni ishlamaydi. Bu esa is gazining xona ichida yig‘ilishiga va insonlarning halokatiga olib keladi.
Yuqorida aytganimizdek, natijada gemoglobin «ikki qo‘liga kislorodni ushlamaydi-da, kislorod oksidini ushlab oladi va butun organizmga tashishni» boshlaydi. Natijada karboksigemoglobin hosil bo‘ladi. U organizmda ko‘payib ketganidan keyin doimiy zaiflik (gipoksiya) va keyinchalik anoksiya, ya’ni miyani o‘lishiga, keyin hushdan ketishga olib keladi. Oxir-oqibatda inson vafot etadi. Bu jarayonni inson sezmaydi, u juda sekin kechadi.
Hozir agar tayyorgarlik ko‘rmasak, bugun vaqtimiz bor, hali qahraton sovuq kunlar kelgani yo‘q. Bizning ob-havomiz respublikamizda tez o‘zgarib turadi. Bugun iliq bo‘lsa, ertaga birdan sovib ketishi mumkin. Ko‘pincha ishga chiqib ketganimizdan keyin uy sovib qoladi va uyga kelganimizda farzandlarimiz sovuqda qolgan bo‘lishi mumkin. Ular pechni yoqib berishimizni so‘raydi. Hozir kunlar ancha qisqargan, kechki payt soat oltidan boshlab qorayishni boshlaydi. Biz ishdan uyga kelganimizda, albatta, kun qorayib bo‘ladi. Erinchoq odam, oldindan tayyorgarlik ko‘rmagan va pechni tozalashni unutgan kishi tomning ustiga chiqib pechni tozalash ishlarini ham unutadi. U tashqi tomondan dudbo‘ronni tozalashga erinadi va natijada uni tekshirmasdan turib yoqib yuboradi», — dedi Samandar Hikmatullayev matbuot anjumanida.
FVV mas’uliga ko‘ra, bunday holatlarning oldini olish uchun pechning havoni tortishini yaxshilashga harakat qilish kerak. Pechni yoqishdan oldin tozalash uchun 104 qisqa raqami yoki 1050 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib tushuntirish olish kerak. Shuningdek, yong‘inga qarshi ko‘ngilli tashkilotlar xizmatidan foydalanib, dudbo‘ronlarni tozalatish kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi