Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Bu haqda 30 sentyabr kuni Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchilar bilan bo‘lgan muloqotda aytilgan edi. Davlat rahbari ushbu uch yo‘nalishning shaxs kamolotidagi o‘rniga ahamiyat qaratib, ularni o‘qitishni takomillashtirish dolzarbligini ta’kidlagan edi.
Masalan, maktablardagi musiqa o‘qituvchilarining 21 foizi o‘rta maxsus ma’lumotli. Ba’zilarining o‘zi cholg‘u chala olmaydi. Sababi musiqa o‘qituvchilarining amaliy malaka oshirish tizimi yo‘q, bu borada san’at maktablari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan. Madaniyat institutlari bitiruvchilari o‘qituvchilikka qabul qilinmaydi.
Shu bois maktablarda saboqlar sifatini oshirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar taklif etilmoqda.
Xususan, musiqa madaniyati fani o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahorati baholanib, malaka oshirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu yo‘nalish bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.
“Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etiladi. Oliy ta’lim muassasalarining musiqa va san’at yo‘nalishi bitiruvchilariga maktablarda ishlashga ruxsat beriladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Hududlardagi musiqa va san’at maktablarini umumta’lim maktablariga tayanch maktab sifatida biriktirish, iqtidorli o‘quvchilarni kashf etish maqsadida muntazam ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish zarurligi qayd etildi.
Yoshlarni ommaviy sportga keng jalb qilish ham muhim. Maktablarda 22 ta olimpiya, 19 ta noolimpiya, 4 ta milliy sport turlari o‘rgatiladi. Lekin jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun uslubiy qo‘llanmalar yo‘q. O‘quvchilarni seleksiya qilish tizimli emas.
Shuning uchun jismoniy tarbiya fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqilib, o‘quv dasturlari takomillashtiriladi. Ushbu fan o‘qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha milliy baholash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Kelgusi o‘quv yilidan boshlab, bosqichma-bosqich hamma joyda maktab sport klublari tashkil etiladi. Bu yo‘nalishda ham o‘qituvchilarga toifa berishning yangi tartibi, maktablarning sport bo‘yicha reyting tizimi ishlab chiqiladi.
Bugun zamonning o‘zi har bir fuqarodan vatanparvar bo‘lishni taqozo etmoqda. Bunda, ayniqsa, harbiy xizmatchilar, chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari o‘rnak bo‘lishlari kerak.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Hozir maktablarda qariyb 10 ming nafar ana shunday pedagoglar faoliyat ko‘rsatmoqda. Lekin ularning 27 foizi nomutaxassis. 2 ming 750 ta maktabda ushbu fan uchun sharoit yetarli emas.
Shu bois endi chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi. Endi bu vazifaga Qurolli Kuchlar zaxirasidagi harbiylar ishga qabul qilinadi.
Mazkur fan bo‘yicha yangi o‘quv dasturi va darsliklar yaratiladi. Har bir tuman va shaharda bittadan maktab negizida “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Mutasaddilar shu boradagi ishlarni tashkil etish rejalari yuzasidan axborot berdi. Oliy o‘quv yurtlarida mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha pedagoglar tayyorlashni tubdan o‘zgartirish, malaka talablari va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi