Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammiti doirasida Saudiya Arabistoni energetika vaziri shahzoda Abdulaziz bin Salmon Ol Saudni qabul qildi.
Qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va «yashil» energetika sohasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Davlat rahbari O‘zbekiston energetika sohasini to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalar asosida modernizatsiya qilishda faol ishtirok etayotgan yetakchi «ACWA Power» kompaniyasi bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida mamnuniyat bilan ta’kidladi.
Mamlakatimiz hududlarida shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurish, shuningdek, «yashil» vodorod ishlab chiqarish loyihalarini tezlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekistonda mahalliylashtirish va korxonalar energiya samaradorligini oshirish jarayonlariga Saudiya Arabistoni kompaniyalari va maslahatchilarini jalb etish yuzasidan kelishuvga erishildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi