19:59 / 11.11.2024
28

Kredit qarzlarini to‘lashni unutmang

Kredit qarzlarini to‘lashni unutmang
Majburiy ijro byurosi Navoiy viloyati boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan banklar foydasiga undiruv bilan bog‘liq ijro hujjatlarining ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida, bank undiruvlari bo‘yicha jami 963,5 mlrd. so‘mlik 24.070 ta ijro ishlari bo‘yicha ijro harakatlari olib borilgan bo‘lib, shundan 12.933 ta 544,4 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlarining ijrosi tamomlangan.

Shuningdek, ijro hujjatlari yuzasidan jami 588 ta 323 mlrd. so‘mlik mol-mulklar xatlanib, 468 ta 234 mlrd. so‘mlik mol-mulklar onlayn auksion savdolariga chiqarilgan.

Qarzdorlardan tijorat banklar foydasiga kredit qarzdorligini undirish bilan bog‘liq jami 5.088 nafar qarzdorlarning 85,2 mln. so‘mlik qarzdorliklarini qoplash maqsadida ish haqi daromadlari haqida ma’lumotlar aniqlanib, qarzdorliklarni undirish ish haqlariga qaratilgan.

Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “K.N.K.S.” MCHJdan undiruvchi TIF "Milliy bank" AJ Navoiy filiali foydasiga 680,5 mln. so‘m kredit qarzdorligini undirish yuzasidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida qarzdorlik to‘liq undirilib, ijro hujjati amalda tamomlangan.

Bu boradagi ishlar jadallik bilan davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kredit qarzlarini to‘lashni unutmang