Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Piskent tumanida noma’lum shaxslar ov miltig‘ida itlarni otayotgani aks etgan video tarqaldi. “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyatining ma’lum qilishicha, holat 12 noyabr kuni Piskent tumani Akmal Ikromov dalahovlilarida yuz bergan.
Videoda qo‘llarida qurol bo‘lgan erkaklar mashina yukxonasiga chiqib ko‘cha bo‘ylab yurgani, so‘ngra ulardan biri o‘q uzgani va it ovozi eshitilganini ko‘rish mumkin.
“Mamlakatimizda kunduzi ochiq-oydin ko‘chada o‘qotar qurol bilan yurib, o‘ngga-chapga otish mumkinmi? Ertaga bu yigitlar itlarni emas, boshqalarni mo‘ljalga olsa-chi?” deb yozdi bloger Nikita Makarenko.
“Mehr va Oqibat” jamiyatining ma’lum qilishicha, ularga fuqaro E.Z.dan u istiqomat qiladigan shaharchada itlar otilgani, natijada E.Z.ning bir iti o‘lgani, ikkinchisi og‘ir ahvolda veterinar klinikada ekani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, itlarni otishga kelganlar orasida ichki ishlar, hayvonlarni tutish bo‘linmasi xodimlari va ovchilar bo‘lgan.
Jamiyat IIVga ushbu holatga aniqlik kiritish va hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarni qonun bo‘yicha jazolashni so‘rab murojaat qilgan.
Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati mazkur holat nazoratga olinganini, voqeada ishtirok etgan fuqarolarda bo‘lgan ov qurollari tegishli tartibda olib qo‘yilganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, sudga yuborish chorasi ko‘rilmoqda.
Hayvonlarga nisbatan shafqatsizlik
O‘zbekistonda hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jinoyat kodeksining 202-1-moddasiga ko‘ra, hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish, ya’ni g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda ularni qiynoqqa solish yoxud ularga azob berish ularning o‘limiga yoki mayib bo‘lishiga olib kelgan harakatlar shundan harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 25 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 1 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 6 oygacha ozodlikni cheklash yoki 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bundan bir necha yil avval “Daryo” O‘zbekistonda qarovsiz qolgan jonivorlarga bo‘lgan munosabat aslida qanday holatda ekanligini aniqlashga harakat qilgandi.
Mamlakatda shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari, shahar va tuman davlat veterinariya bo‘limlarining faoliyat ko‘rsatayotgan itlarni tutish brigadalari negizida shahar va tuman obodonlashtirish boshqarmalari huzurida qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish bo‘limlarini tashkil etilgan.
Ekojurnalist Nargis Qosimova O‘zbekistonda qarovsiz hayvonlarga nisbatan munosabat juda ham dahshatli va bu haligacha katta muammo bo‘lib qolayotganini aytgandi. U Obodonlashtirish boshqarmalari huzuridagi brigadalarni tugatib, hayvonlarni boqishga qiziquvchilarni qo‘llab-quvvatlab, xususiy boshpanalar sonini ko‘paytirish kerakligini, shundagina muammoga qisman yechim topilishini ta’kidlagandi.
Jizzax shahar obodonlashtirish boshqarmasi huzuridagi it ovlov brigadasi brigadiri Erkin Islomov havas uchun qo‘lga qurol olib, o‘q uzilmasligini, odamlar “Ko‘chadagi daydi it, mushuk kechasi uxlatmayapti”, “Farzandimni tishlab oldi”, “Ko‘chada bemalol yura olmayapmiz”, mazmunida qo‘ng‘iroq qilib, shikoyat qilgach shu murojaatlar bo‘yicha tegishli joylarga borilishini bildirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda