Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida IIB xodimiga 3000 dollar pora taklif qilgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Namangan shahrida yashovchi 35 yoshli ayol Beshariq tumani IIB tergov bo‘limi surishtiruvchisiga murojaat qilib uning ish yurituvida bo‘lgan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblov e’lon qilinib, hibsga olingan tanishining qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish va qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini yopib yuborish evaziga 3 ming dollar taklif qilgan.
Xodim ayolga pora berish jinoyat ekanini tushuntirganiga qaramasdan u takror-takror pul taklif qilishda davom etgan. Shundan so‘ng xodim bu haqda bildirgi bilan chiqqan.
Xodimning bildirgisiga asosan 2024 yil 31 oktyabr kuni shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Beshariq tuman prokuraturasi xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.
Tadbirda ayol tergov bo‘limi surishtiruvchisiga 2,1 ming dollarni berayotganda u ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»