Foto: Videodan kadr
Qashqadaryoda qo‘ylar otarini avtomobil urib yuborgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat YHXB matbuot xizmati holat oktyabr oyida sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
17 oktyabr kuni soat 05:00 larda Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro A.S. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli transport vositasi bilan Ko‘kdala tumani hududidan o‘tuvchi A-378 G‘uzor—Samarqand avtomobil yo‘lining 105-kilometrida boshqarib ketayotib, G‘uzor tumanida yashovchi Sh.T. hamda Q.Q.ning 95 bosh mayda shoxli mollarini urib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Ko‘kdala tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Shu kabi holat oktyabrda Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida ham sodir bo‘lgandi. Spark avtomobili yo‘lning qatnov qismida bo‘lgan qo‘ylar otarini urib yuborgan. Haydovchi transport vositasini to‘xtatib, tushganidan so‘ng avtomobilda yong‘in kelib chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi