
Soliqlar ijtimoiy va mudofaa sohalarini moliyalashtirishning manbasi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash barchamizning burchimiz sanaladi.
Xususan, Jizzax viloyati Soliq boshqarmasining Soliq majburiyatiga ega shaxsning mol-mulki hisobidan soliq qarzini undirish bo‘yicha Qaroriga asosan “M.J.” MCHJ dan to‘lanmagan 71 million so‘m soliq qarzini undirish bo‘yicha ijro varaqasi byuroning G‘allaorol tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Mazkur ijro hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga tegishli barcha ko‘chmas mulkiga taqiq o‘rnatilgan hamda hisob raqamlariga band solingan.
Shundan so‘ng, ijro hujjati yuzasidan bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida jamiyatga tegishli sun’iy qoplamali stadioni qarzdorlik evaziga xatlandi.
Kelgusida ushbu mulk elektron-onlayn auksionlarda sotilib, sotuvdan tushgan puldan mavjud qarzdorliklari qoplanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar