18:05 / 25.11.2024
10

Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi
Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, qotillik 24 noyabr kuni sodir bo‘lgan. Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi qishloqlarning birida yashovchi 1998 yilda tug‘ilgan erkak shu kuni soat 13:00 larda yashash xonadonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan 1996 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i hamda 2024 yil yanvarida tug‘ilgan qizini qasddan o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, u uyining xo‘jalik binosida o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Holat yuzasidan 24 noyabr kuni Kitob tumani prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi shaxs (marhum) 2006 yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda erkak ayoli va chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi