16:55 / 12.10.2016
6 230

Tabiiy ofatlarga mustahkamlikni oshirish dasturi ishga tushirildi

Tabiiy ofatlarga mustahkamlikni oshirish dasturi ishga tushirildi

O‘zbekistonda Jahon bankining tabiiy ofatlarga tayyorgarlik va mustahkamlikni oshirish dasturi ishga tushdi, deb xabar bermoqda "gazeta.uz" nashri.
Jahon banki (JB) Yaponiya hukumatining moliyaviy ko‘magi bilan O‘zbekistonda tabiiy ofatlarga mustahkamlikni oshirish bo‘yicha maxsus dasturni ishga tushirdi. Toshkentda seshanba kuni favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Aripov, , Yaponiya elchisi Nobuaki Ito, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari v.b. Yan-Peter Olters, JBning tabiiy ofatlar xavfini boshqarish yo‘nalishidagi Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha mutaxassisi Ko Takeuchi ishtirokida dastur ochilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

«Loyiha maqsadi — O‘zbekistonning seysmik xavflarni kamaytirish, favqulodda vaziyatlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish, ofatlar oqibatidagi moliyaviy zararlarni baholash bo‘yicha salohiyatni mustahkamlashda respublika hukumatiga ko‘maklashishdan iborat», — dedi Ko Takeuchi. Yaponiya hukumati dasturni amalga oshirishga 1,25 mln AQSh dollarini ajratdi.

Dasturning asosiy koordinatori — Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirlik va idoralar tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib boradi.

O‘zbekiston seysmik faol hududda joylashgan bo‘lib, tabiiy ofatlarga tayyorgarlik masalasi hukumat uchun mamlakatni rivojlantirishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tabiiy ofatlarga mustahkamlikni oshirish dasturi ishga tushirildi