16:58 / 12.10.2016
8 956

47 yoshli avtomobil o‘g‘risi Angrenda qo‘lga tushdi

47 yoshli avtomobil o‘g‘risi Angrenda qo‘lga tushdi

Farg‘onalik 47 yoshli fuqaro Ohangaronda qarovsiz qoldirilgan Nexia avtomobilini o‘g‘irlab ketdi. Buzoqning yugurgani samonxonagacha, deganlaridek jinoyatchi Angren shahridada qo‘lga tushdi. Bu haqda "Qalampir.uz" manbalarga asoslanib xabar bermoqda.

Gap shundaki, Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIB navbatchilik qismiga Toshkent shaharida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o‘zining Nexia rusumli avtomobili noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan.

Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Telov qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Angren armatura izolyatorlash zavodi” MChJ oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma’lum bo‘lgan.

Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Angren shahrida to‘xtatildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 47 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 47 yoshli avtomobil o‘g‘risi Angrenda qo‘lga tushdi