Internetda tarqalgan videodan kadr
Prokuratura axborotida aytilishicha, 20 noyabr kuni fuqaro Yu.D va boshqalar o‘zaro jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, fuqaro L.A.ga hujum qilgan.
Ular L.A. o‘zining Cobalt mashinasida pul mablag‘larini tashish bilan shug‘ullanishini bilgan va hujum qilish orqali pullarni qo‘lga kiritishni reja qilgan.
Jinoyatchilar Lacetti va Cobalt rusumli avtomobillarning davlat raqam belgilarini yechib olib, L.A.ning boshqaruvidagi Cobalt'ning orqasidan kuzatib kelgan. L.A. Andijon shahrining Yoyilma mahallasi Amir Temur shox ko‘chasidan o‘tgan Andijon–Asaka yo‘nalishida Andijon yo‘nalishi bo‘yicha yo‘l chetida to‘xtab turgan vaqtda, ta’qibchilar yuzlariga niqob taqqan holda uning mashinasiga tosh otib, hujum qilgan.
Jabrlanuvchi mashinasida hodisa joyidan qochgani sabab, hujum qilganlar jinoyatni o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holda oxiriga yetkaza olmagan.
Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bir guruh shaxslarning oldindan til biriktirib bosqinchilik qilishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yu.D. protsessual tartibda ushlangan.
Ichki ishlar organi dastlabki tergov harakatlarini olib bormoqda. Viloyat prokuraturasi jinoyat ishi ustidan prokuror nazoratini o‘rnatgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi