Kecha jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida A. X. (erkak, 1981 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan, «Omad Plyus» MCHJga qarashli «Star Med Centr» xususiy klinikasi otolaringologi, munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan) va J. Q. (erkak, 1979 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan, «Omad Plyus» MCHJga qarashli «Star Med Centr» xususiy klinikasida anesteziolog-reanimatolog vazifasida ishlagan, uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan)ga oid jinoyat ishini birinchi instansiyada ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi.
Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining raisi D. Komilov raisligida ko‘rib chiqildi.
E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq A. X. va J. Q. Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilib, oqlandi, deyiladi Oliy sud tarqatgan ma’lumotda.
A. X. va J. Q. Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga Jinoyat kodeksining 45-moddasini (muayyan huquqdan mahrum qilish) qo‘llagan holda 2 yil tibbiyot sohasida tegishliligi bo‘yicha otolaringolog va anesteziolog-reanimatolog vazifalarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
J. Q.ga Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) tartibida o‘tash uchun 2 yil tibbiyot sohasida anesteziolog-reanimatolog shifokor vazifasida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil 6 oy 27 kun muddatga ozodlikni cheklash jazosi qoldirilishi belgilandi.
Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi