Foto: Videodan kadr
Navoiyda fuqarodan pora olgan IIB xodimi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud hukmida keltirilishicha, 1988 yilda tug‘ilgan X.M. 2011 yildan IIV tizimida, 2023 yil 11 fevraldan Navoiy viloyat IIB Tezkor qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmasi katta tezkor vakili lavozimida ishlab kelgan.
Karmanada yashovchi fuqaro plastik kartasidagi 62 mln so‘m pulini o‘g‘irlatgan. U ichki ishlar organiga murojaat qilganida, X.M. garchi bunday holatlarni fosh etish bevosita xizmat vazifasiga kirsa-da, pulni kim yechib olganini aniqlab berish evaziga 600 dollar so‘ragan.
2024 yil 11 iyun kuni X.M. jabrlanuvchidan so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida DXX va departament xodimlari tomonidan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
X.M. sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan hamda sodir etgan qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon ekanini aytib, suddan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlashni so‘ragan.
Sud hukmi bilan X.M. Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga 2 yil IIV tizimida ishlash huquqidan mahrum etgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on BMTni isloh qilishga chaqirdi
Qaysi navli mandarinlar eng shirin bo‘ladi?
AQSH Gruziya bilan strategik hamkorlikni to‘xtatdi
Qon bosimini qanday qilib doim me’yorda ushlab turish mumkin?
Ukrainalik askarlar Rossiya bilan muzokaralar olib borishni istashmoqda
Suriya prezidenti Bashar Asad murakkab vaziyatga izoh berdi
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov KXDR rahbari bilan uchrashdi
Dunyoda unumsiz yer maydonlari Antraktida maydonidan oshib ketdi