Noyabr oyidan boshlab sog‘liqni saqlash tizimida faoliyat ko‘rsatuvchi ayrim xodimlarning tarif stavkalariga maxsus oylik ustama to‘lov tizimi joriy etiladi, deb xabar beradi Diydoraziz.
Xo‘jalik bekalarining maoshlariga eng kam oylik ish haqining 25%i miqdorida ustama qo‘shiladi.
O‘ttiz foizlik ustamalar ularda ishlash ichki ishlar organlari tomonidan qo‘riqlanadigan intensiv kuzatuvdagi ruhiy kasalliklar shifoxonalariga tenglashtirilgan muassasalarning bosh vrachi, bosh vrach o‘rinbosari va oliy ma’lumotli mutaxassislarga beriladi.
Ichki ishlar organlari tomonidan qo‘riqlanadigan intensiv kuzatuvdagi ruhiy kasalliklar shifoxonalari xodimlariga eng kam oylik ish haqining 15%i miqdorida ustama to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi tibbiy-sanitariya birlashmasi xodimlariga turli miqdorda ustamalar to‘lanadi. Muassasalarning rahbari, rahbar o‘rinbosari va oliy ma’lumotli mutaxassislari (Tibbiy-sanitariya birlashmasi apparatida shtatda turuvchi xodimlardan tashqari) 15 foizlik ustamaga ega bo‘lishadi. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi tibbiy-sanitariya birlashmasi muassasalarining qolgan xodimlariga 10 foizlik ustamalar beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi