20:26 / 10.12.2024
28

Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Foto: O‘zA
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyatida yashovchi, 1980, 1983 va 1989 yilda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro o‘zaro til biriktirib, qalbaki 998 mln 740 ming so‘m pulni Jizzax viloyatida 27200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qayd qilinishicha, tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur shaxslardan olingan 200 ming, 100 ming va 20 ming so‘mlik kupyura ko‘rinishidagi qalbaki banknotlar purkagichli printer yordamida chop etilgani ma’lum bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, qonunbuzarlarning 2 nafari muqaddam sudlangan shaxslar hisoblanadi.

Hozir ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pullarni sotmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi