10:49 / 11.12.2024
45

Alisher Qodirov Rossiya bilan viza rejimini tiklash taklifini bermoqda

Alisher Qodirov Rossiya bilan viza rejimini tiklash taklifini bermoqda
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi lideri Alisher Qodirov Rossiya bilan viza orqali kirish-chiqish qilish tashabbusini ilgari surmoqda. Bu haqda u o‘zining imjtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yozdi.

«Yaqin kelajakda kutilayotgan beqarorlik, relokantlarni jiddiy ortishi ehtimollari fonida nafaqat biz, butun Markaziy Osiyo mintaqasini Rossiya bilan viza orqali kirish-chiqish qilish, ish izlab borayotganlarga talablar va nazoratni kuchaytirish haqidagi rus siyosatchilarining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashimiz kerak deb o‘ylayman», – deydi u.

Qodirov, shuningdek, Rossiyada mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik muhojirlarning mamlakat tili, madaniyati va qonunlarini bilishi kerakligi haqidagi talablarga hurmatini bildirib, bu o‘z navbatida, O‘zbekistonda yashaydigan barchaning ham o‘zbek tili, madaniyati va mahalliy qadriyatlarni bilishi va hurmat qilishi kerakligini bildirishini ta’kidlaydi.

«O‘zbekistonda yashaydigan hamma o‘zbek tili, madaniyati va mahalliy qadriyatlarni bilishi va hurmat qilishi kerakligini biz ham shart deb hisoblaymiz va xorijga ish izlab borayotgan vatandoshlarimizni ham mahalliy til, madaniyat, qonunlar va qiladigan ishini yaxshi bilishi zarurligini tan olamiz.

Bu bilan haqini himoya qila olmaydigan, mahalliy ayirmakashlar tomonidan kamsitilishga rozi bo‘layotgan, eng yomoni, ixtiyoriy-majburiy, mas’uliyatsizlarcha hayotini sotib yuborib O‘zbekiston uchun jiddiy ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy yuk yaratayotgan ayrim fuqarolarimizga ham yordam bergan bo‘lamiz
», – deydi deputat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Qodirov Rossiya bilan viza rejimini tiklash taklifini bermoqda