Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri bo‘limi va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro D.J. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro A.S.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Nukus shahridagi tug‘ruqxonaga 3 100 AQSH dollari evaziga ishga kiritib qo‘yishini va’da qilib, oldindan 1 600 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Navoiy shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar X.R. va F.T. fuqaro D.X. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni Navoiy shahridagi tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qo‘yishlari evaziga 69,5 mln so‘m pul va 700 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tadqiqot: Kunlik qahva iste’moli umrni uzaytirib, hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi
Bashar Asadning yaqin qarindoshi osib o‘ldirildi
Konstitutsiyaviy sud: Quruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish zarur
Tojikistonning Konibodomida bir oilaning 6 a’zosi o‘ldirib ketildi
O‘zbek shou-biznesi vakillari Halima Ibragimovani qanday xotirlamoqda?
"Mevalar qiroli" mangoning salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?
Isroilda bosh vazir Binyamin Netanyahu ustidan sud jarayoni boshlandi
Suriyada isyonchilar Bashar Asadning otasi qabrini vayron qildi