16:43 / 13.12.2024
15

Tatariston O‘zbekistondan mehnat migrantlarini jalb etadi

Tatariston O‘zbekistondan mehnat migrantlarini jalb etadi
Foto: Dunyo
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Tatariston mehnat, bandlik va ijtimoiy himoya vaziri Elmira Zaripova bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Muloqot davomida tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qilish, Tataristonda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining haq-huquqlarini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.

Bosh konsulxona xodimlari O‘zbekistonda mehnat migratsiyasi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, hamkor davlatlar va mehnat migrantlari uchun yaratib berilayotgan imtiyozlar haqida so‘zlab berishdi. Shuningdek, mehnat migratsiyasi jabhasidagi dolzarb masalalar, xususan, yurtdoshlarimizni kasbiy malakasini oshirish va qayta tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi. Bu borada migrantlarni yangi ish sharoitlariga moslashtirishga yordam beradigan malaka oshirish dasturlarini birgalikda ishlab chiqish muhimligi qayd etildi.

Vazir Elmira Zaripova Tatariston tashqi ishchi kuchiga muntazam ravishda muhtojligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari bilan muntazam muloqot o‘rnatish, mehnat migrantlarini tartibli hamda qonuniy tarzda jalb etish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tatariston O‘zbekistondan mehnat migrantlarini jalb etadi