Energetika vazirligi birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi to‘rt barobar oshirilganini ma’lum qildi.
Sovuq havo oqimi natijasida ayrim hududlardagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (gaz zapravkalar) faoliyatiga kiritilayotgan qisqa muddatli cheklov munosabati bilan birja savdolariga chiqarilayotgan avtobenzin hajmi vaqtinchalik ikki karra oshirilgani haqida xabar berilgan edi.
Vazirlik matbuot xizmatining bildirishicha, 2024 yil 6 dekabr kuniga qadar birja savdolariga chiqarilayotgan Ai-80 benzini hajmi 2000 tonnani tashkil etgan bo‘lsa, ushbu miqdor 10 dekabrdan boshlab o‘rtacha to‘rt barobar oshirilib, hozirgi vaqtda 8000 tonnadan qo‘yib borilmoqda.
Bundan tashqari, Ai-92 avtobenzinini birja savdolarida sotish hajmi ham oshirilib, kunlik 4000 tonnaga yetkazildi.
2024 yil 13 dekabr kuni ham yana 8000 tonna Ai-80 benzini birja savdolariga qo‘yilgan bo‘lib, uning 7780 tonnasi xaridorlar tomonidan sotib olindi.
“Birja savdolariga joylashtirilayotgan avtobenzin hajmini talab va taklifdan kelib chiqib yanada oshirish imkoniyati mavjud”, deyiladi xabarda.
Birja savdolariga chiqarilayotgan Ai-80 benzini taklifi 8 kuni ichida 4 baravarga oshganiga qaramay, uning narxida deyarli o‘zgarish bo‘lmadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xorijlik mutaxassislar uchun 2024 yildagi eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi
Ertaga Murodjon Ahmadaliyev professional boksdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi
Abduqodir Husanovning transfer bahosi Ronalduniki bilan tenglashdi, navbat Messiga(mi?)
Janubiy Koreya prezidenti iste’foga chiqishdan bosh tortdi
Isroil sobiq prezidenti: “Qirolicha Yelizaveta isroilliklarni terrorchi deb hisoblagan”
Rossiya Yevropa Ittifoqi va AQSHdan snayper miltiqlarini qanday olyapti?
Yangi yil yarmarkalari qayerlarda tashkil etiladi?
Grippni davolashning qanday samarali usullari bor?