“Surxondaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida turizm infratuzilmasini yaxshilash hamda zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-439-son, 16.12.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tashkil etiladi:
Boysun tumani hududidagi umumiy maydoni 220,5 gektar bo‘lgan yer uchastkasida “Omonxona” turistik markazi;
Sariosiyo tumani hududidagi umumiy maydoni 615 gektar bo‘lgan yer uchastkasida “Sangardak” turistik markazi;
Jarqo‘rg‘on tumani Obihayot mahallasidagi “Oqtepa” suv omborining qirg‘oq bo‘yi hududidagi 110 gektar yer uchastkasida “Obihayot” turistik markazi;
“Omonxona”, “Sangardak” va “Obihayot” turistik markazlarini rivojlantirish va boshqarish uchun davlat muassasasi shaklida Surxondaryo viloyatida turizm infratuzilmasini rivojlantirish va boshqarish direksiyasi.
Turistik markazlar hududlarida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan bo‘sh yer uchastkalari mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida elektron onlayn auksion orqali realizatsiya qilinadi.
Xususiy investitsiyalarni jalb qilgan holda 2025–2027 yillarda mehmonxonalar, oilaviy mehmon uylari, xizmat ko‘rsatish majmualari va dam olish maskanlarini qurish maqsadida bo‘sh yer uchastkalari 10 yil muddatda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Moldova Roman Abramovichni saylovlarga aralashishda aybladi
2025 yilda ushbu mamlakatlarga borish tavsiya qilinmaydi...
Toshkentda o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
Gurjiston parlamenti sobiq futbolchi Mixail Kavelashvilini yangi prezident etib sayladi
AQSH Kursk yaqinida KXDR harbiylari yo‘qotishlarga uchraganini ma’lum qildi
O‘zbekiston 2024 yilda Osiyoning eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb tan olindi