Foto: Prokuratura departamenti.
Qoraqalpog‘iston va Namangan viloyatida ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun yetkazib berilgan ko‘mirni talon-toroj qilish holatlari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nukus tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.Unda davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan ko‘mir yetkazib beruvchi “N.A.” MCHJga ijtimoiy soha obyektlarini isitish uchun yetkazib berilgan ko‘mir o‘lchovdan o‘tkazilganida, MCHJ mas’ul shaxslari umumiy bahosi 1 mlrd so‘mlik jami 2 514 tonna ko‘mirni talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan ko‘mir yetkazib beruvchi “O.D.” MCHJ rahbari O.Q. va boshqalar kuz-qish mavsumida Kosonsoy tumanidagi budjet tashkilotlarini isitish uchun ajratilgan umumiy bahosi 263,1 mln so‘mlik 609,9 tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga qimmat narxlarda sotib yuborib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Suriyaning yangi hukumatini harbiy sohada qo‘llab-quvvatlamoqchi
Namanganda xalqaro ko‘rgazma: qiymati xonadonga teng otlar, 200 kiloli qo‘ylar va osmonga uchirilgan kabutarlar (foto, video)
Tramp Zelenskiyni urush tugashiga tayyorlanishga chaqirdi
Donald Tramp: “Prezident Erdo‘g‘on juda aqlli, Asad esa shafqatsiz qassob”
Rossiya Isroilni Golan tepaliklari borasida ogohlantirdi
Turkiya Suriya chegarasida qo‘shin to‘plamoqda
Toshkentda o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi
UFC turnirining 2024 yildagi so‘nggi prelim kardidagi janglar yakunlandi