Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi

Jizzax viloyatiga yangi hokim tayinlandi
Foto: AOKA
Ergash Alibekovich Soliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» ishdan ketgan.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan Ulug‘bek Mavlonovich Mustafoyev Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Ulug‘bek Mustafoyev «Hududiy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar