06:58 / 23.12.2024
8

O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi

O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi
O‘zbekistonda 20 dekabrdan uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

Belgilangan tartibga muvofiq ikkita uzrli sababga ko‘ra davlat oliy ta’lim muassasalari aro o‘qishni ko‘chirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy ta’lim muassasasida hududiy ishchi guruhlar tashkil etilgan.

Ishchi guruhlar 2025 yilning 20 yanvar kuniga qadar har kuni soat 09:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 09:00 dan 15:00 gacha) faoliyat ko‘rsatadi.

Hududiy ishchi guruhlarga arizachi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:

- o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
- talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
- pasport nusxasi;
- uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Ma’lumot uchun, ikkita uzrli sabab quyidagilar:
  • talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
  • davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘i bilan, 2024/25 o‘quv yili uchun xorijiy va nodavlat OTMlardan talabalar o‘qishini respublika davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkaziladigan maxsus sinovlar bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlangandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi