Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan doimiy nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida noqonuniy ov bilan bog‘liq 307 ta holat aniqlanib, jami 601 mln 503 ming jarima qo‘llanildi. Shuningdek, tabiatga yetkazilgan 1 mlrd 702 mln 961 ming so‘m zarar ham undirilishi belgilandi.
Qonunbuzarliklardan 10 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 57 ta holatda brakonerlardan 1178 kg baliq olib qo‘yilgan va internat hamda maktabgacha ta’lim muassasalariga beg‘araz topshirilgan.
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Bundan tashqari, huquqbuzarlardan 7 ta ov quroli, 83 ta baliq ovlash uchun mo‘ljallangan to‘rlar, 7 ta elektr qarmoq, 6 ta qayiq va 5 ta boshqa turdagi buyumlar olib qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Panama prezidenti Trampning tahdidlariga qanday javob qaytardi?
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Alisher Usmonov urush boshlanganidan buyon qanday qilib 13,4 mlrd dollarga boyidi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin