Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudining 07.12.2024-yildagi ijro hujjatiga asosan voyaga yetmagan bir nafar farzand javobgar A.A.dan da’vogar Sh.S.ning tarbiyasiga olib berish belgilangan.
Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Amudaryo tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.
Xususan, ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lim xodimlari tomonidan javobgarning yashash manziliga bormasdan, shovqin-suron bo‘lishini oldini olgan holda javobgar va da’vogarlar joriy yilning 24-dekabr kuni Byuroga chaqirilib, javobgarlarga sud qarori ijrosi ta’minlanishi lozimligi, uning ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari haqida tushuntirishlar berilgan.
Shuning natijasida, javobgar Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limining o‘zida olib berilishi lozim bo‘lgan bolani ixtiyoriy ravishda onasi bag‘riga qaytarib, sud qarori ijrosi amalda ta’minlangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
O‘zbekistonda birinchi marta suyak infarkti jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Tadqiqot: atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?