Toshkent shahrining 2045 yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlandi. Bu bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining 880-sonli qarori qabul qilindi.
Bosh rejaning asosiy ko‘rsatkichlarini belgilovchi xaritalar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining Shaharsozlik kadastri geoaxborot tizimida ochiq ma’lumot sifatida joylashtiriladi.
Bosh reja aholi ehtiyojlari, ekologik zonalarni va madaniy merosni himoya qilishni inobatga olgan holda shaharni muvozanatli rivojlantirishga qaratilgan.
Bosh reja infrotuzilmani modernizatsiya qilish, transport tarmoqlarini rivojlantirish va yashil maydonlarni ko‘paytirishga yo‘naltirilgan. Hujjatga ko‘ra, bu shaharning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi.
- Bosh rejada quyidagi muammolarni hal qilishga e’tibor qaratilgan:
- shaharning hududlarini zonalarga ajratish;
- aholining harakatlanishiga bo‘lgan talabini qondirish hamda transport oqimi barqarorligini ta’minlash;
- shaharning hududlari zichlik parametrlarining barqarorligini ta’minlash maqsadida shaharsozlik talablarini belgilash.
“Bosh rejaning Toshkent shahri ma’muriy chegaralari doirasidagi asosiy ko‘rsatgichlari quyidagilar: umumiy maydoni 43 873 gektar, aholi soni 3,0 mlndan hisobot davrida 7,4 mlngacha”, — deyilgan hujjat matnida.
Toshkentda mavjud yashil maydonlar 7 120,9 gektarni tashkil etadi. Bundan 893 gektar yashil maydonlar umumiy foydalanish, 5 102 gektar cheklangan yashil maydonlar hamda 1 125 gektar maxsus yashil maydonlardan iborat.
Bosh reja doirasida 10 000 gektar qo‘shimcha yashil maydonlar tashkil etiladi. Shu bilan birga, shahar atrofi bo‘ylab 15 000 gektar yer maydonida yashil belbog‘ barpo etiladi.
Shahar aholisi jonboshiga bugungi kunda to‘g‘ri keladigan 3 kvadrat metr yashil hudud davriy muddatda 8 kvadrat metrga yetkazilishi rejalashtirilgan.
Toshkentda umumiy hisobda 836 km uzunlikda yo‘llar mavjud. Bosh reyeja doirasida aholining harakatlanishiga bo‘lgan talabini qondirish hamda transport oqimi barqarorligini ta’minlash maqsadida davriy muddatda qo‘shimcha 647 km yangi yo‘llar qurilib, mavjud 140 km yo‘llar kengaytiriladi.
Jamoat transportidan foydalanish ulushini oshirish, shaharning ko‘chalaridagi avtomobillar sonini qisqartirish maqsadida 27 ta transport tarmog‘i markazlari, yangi metropoliten yo‘llari barpo etilishi rejalashtirilgan. 2045 yilgacha jamoat transportidan foydalanish 60 foizgacha oshishi kutiladi.
Bosh reja ikki bosqichda, xususan “birinchi navbatda – 2023 yilgacha" va “hisob davri 2045 yilgacha” amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rim papasi Rossiya va Ukrainani qurollarini tashlashga chaqirdi
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Putin MDH yetakchilari bilan uchrashuvda qanday fikrlar bildirdi?
Rossiya razvedkachilari askarlarni qanday asirga olishdi?
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?