Foto: Google Images
Namangan shahar, Temir koʻchasida yashagan 1999 yilda tugʻilgan ayol 20 dekabr kuni oʻzini va 2021 va 2023 yilda tugʻilgan oʻgʻil farzandlarini Shimoliy Fargʻona kanaliga tashladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, bunga ayol turmush oʻrtogʻi bilan uzoq muddatdan buyon birga yashab kelmayotganidan, oʻzaro oilaviy kelishmovchilik sababli ruhiyatida boʻlgan oʻzgarish sabab boʻlgan.
Shu vaqtda mazkur hududdan oʻtib ketayotgan fuqarolar tomonidan ikki nafar voyaga etmagan bola qutqarib olingan. Koʻrsatilgan tibbiy yordam natijasida ularning hayoti saqlab qolingan.
Shu kuni Namangan viloyat qoʻriqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Shimoliy Fargʻona kanalidan ayol oʻlik holda suvdan chiqarib olingan.
Holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “a, v” bandlari (qasddan odam oʻldirish ikki yoki undan ortiq shaxsni; aybdorga ayon boʻlgan ojiz ahvoldagi shaxsni) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Muhammad Salohning qaysi harakati uchun misrliklarning tanqidlari "yomgʻiri yogʻildi"...?
Yaman husiylari Tel Aviv aeroportiga hujum uyushtirdi
Rim papasi Rossiya va Ukrainani qurollarini tashlashga chaqirdi
Netanyaxuning rafiqasi guvohlarni ta'qib qilishda ayblanmoqda
Vengriya bosh vaziri: “Ukrainadagi urush 2 xil yo‘l bilan tugaydi”
Husiylar hujumi Misrga 7 mlrd dollar zarar keltirdi
Erdo‘g‘on: “Suriyadagi kurd jangarilari yo qurollarini topshiradi, yo dafn qilinadi”
Messining oʻyinidagi qaysi jihat Yamalni hayron qoldirgan?