
Foto: Dunyo
Oʻzbekiston elchisi Oybek Shaxavdinov Vengriyaning Prohuman rekruting kompaniyasi bosh direktori Agnes Tot va xizmatlar boʻyicha direktori Endre Kovach bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Prohuman Vengriyaning yuqori, va oʻrta-quyi kvalifikatsiyali xodimlarini, shuningdek, IT, tibbiyot va avtomobilsozlik sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishga ixtisoslashgan etakchi rekruting tashkilotlaridan biridir. Hozirgi kunda kompaniya Vengriya va boshqa mamlakatlarda 12 mingga yaqin kishini muvaffaqiyatli ish bilan ta'minlamoqda.
Muzokaralar davomida Vengriyaga Oʻzbekistondan turli kvalifikatsiyali ishchilar va mutaxassislarni jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Kompaniya rahbarlari mamlakatda Vengriya mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitishni tashkil etishni taklif qilishdi.
Mazkur hamkorlik mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirishga, shuningdek, ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, Oʻzbekiston fuqarolari uchun ishga joylashish va kasbiy oʻsish boʻyicha yangi istiqbollarni yaratadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar