date
views 10 069

Islom hamkorlik tashkiloti ishtirokchilari I. Karimov qabrini zirat qildilar

Islom hamkorlik tashkiloti ishtirokchilari I. Karimov qabrini zirat qildilar

Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining Toshkentda o‘tgan 43-sessiyasi ishtirokchilari 19 oktyabr kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi, deb xabar beradi O‘zA.

Mehmonlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.

Buyuk Yo‘lboshchimizning mustaqil O‘zbekiston davlatini barpo etish va uni har tomonlama rivojlantirishdagi beqiyos xizmatlari yodga olindi. Yurtimizdagi muqaddas qadamjo va ziyoratgohlar, buyuk ajdodlarimiz nomi bilan bog‘liq maskanlarni obod etish, xalqimizning ma’naviy merosini tiklash va asrab-avaylash borasida Birinchi Prezidentimiz ulkan jasorat, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatgani alohida ta’kidlandi.

Mehmonlar Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Registon ansambli, Mirzo Ulug‘bek muzeyi va rasadxonasi bilan tanishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Islom hamkorlik tashkiloti ishtirokchilari I. Karimov qabrini zirat qildilar