Foto: Daryo.
Joriy yil 3 yanvar kuni jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi Gʻayrat Doʻstovga berilgan 15 sutkalik ma'muriy qamoq jazosini 8 sutkagacha qisqartirdi va ushbu muddat oʻtab boʻlingani uchun u sud zalidan ozod qilindi.
Gʻayrat Doʻstov 2024 yil 23 dekabrda Toshkent shahri Bektemir tumanidagi Oltintopgan koʻchasi, 2-uyda joylashgan “Morotrans” MChJga qarashli gaz quyish shoxobchasida navbat kutib, navbati yaqin qolganda shoxobcha yopilganidan norozi boʻlgan va shu vaqtda aytgan gaplari internetda tarqalgan edi.
Shundan keyin u 2024 yil 25 dekabr kuni qoʻlga olinib, 26 dekabrda Bektemir tuman sudi tomonidan mayda bezorilik moddasi bilan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosiga tortilgan edi.
Gʻayrat Doʻstovning joriy yil 3 yanvar kungi apellyatsiya sudida aytishicha, u dastlabki sud qaroridan keyin “Panelniy”da faqat 1 kecha saqlangan, keyin poytaxt IIBBga olib borilgan.
Sudya Farruh Mahmudov raisligidagi apellyatsiya sudi dastlab javobgarning ishtirokisiz boshlangan edi, ammo advokatlarning talabiga asosan, Gʻayrat Doʻstov sudga olib kelindi. Sud jarayonida uning tobi qochgani sabab, ishni koʻrishda biroz vaqt tanaffus boʻldi. Doʻstov oʻziga kelgach, sud jarayoni davom ettirildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada erkak qarzi sabab qorbobo kiyimida kelib doʻkon egasini otib oʻldirdi
Nima uchun bu mavzuni musulmonlarga taqiqlashdi?
"Manchester Siti" oʻzbekistonlik himoyachini qoʻlga kiritadimi?
Migrantlarning Rossiyaga kirishida talablar kuchaytirildi
Apple Siri maxfiylik ishi boʻyicha 95 mln dollar toʻlashga rozi boʻldi
Ramazon Temirov keyingi jangini qachon va kimga qarshi oʻtkazadi?
Zelenskiy amerikalik podkaster Fridmanga intervyu berdi
Grenlandiya bosh vaziri Daniyadan mustaqil boʻlish istagi haqida gapirdi