18:26 / 20.10.2016
9 578

Qirg‘iziston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ta’ziya bildirdi

Qirg‘iziston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ta’ziya bildirdi

Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Almazbek Atambaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevga mamlakat sharqiy qismida Mudofaa Vazirligining vertolyoti halokati bilan bog‘liq noxush vaziyat yuzasidan ta’ziya bildirdi.

Almazbek Atambaev maktubida o‘zi va Qirg‘iziston xalqi nomidan falokat qurbonlarining oilalariga chuqur hamdardlik izhor etgan.

Avvalroq, Farg‘ona viloyati hududida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligiga qarashli Mi-171 vertolyoti reja asosida parvoz qilayotgan chog‘ida halokatga uchraganligi haqida xabar edik. Falokat natijasida 3 nafar ekipaj a’zosi va 6 nafar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchisi qurbon bo‘ldi. Aviahalokat sabablarini o‘rganish bo‘yicha kommisiya tashkil etilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qirg‘iziston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ta’ziya bildirdi