19:40 / 04.01.2025
100

Toshkentda 310 km/soat tezlikda harakatlangan mototsikl haydovchisi jarima qoʻllandi

Toshkentda 310 km/soat tezlikda harakatlangan mototsikl haydovchisi jarima qoʻllandi
Videolavhalardan kadrlar
Toshkentda mototsikl haydovchisi tezlikni 310 km/soatgacha olib chiqqani aks etgan videoni Instagram'ga joyladi.

Poytaxt IIBB YHXB matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganov ma'lum qilishicha, haydovchiga MJtKning 128-3-moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu moddada 9 BHM – 3,37 mln soʻm jarima jazosi koʻzda tutilgan.

Qahramon Xudoyberganov mototsikl haydovchisiga nechta holat boʻyicha bayonnoma tuzilganiga aniqlik kiritmagan. Bloger joylagan videoda qoidabuzarlik kamida ikki marta sodir etilganini koʻrish mumkin: haydovchi BMW S1000RR rusumli mototsiklda tezlikni 310 km/soatgacha, Yamaha R1 rusumli mototsiklda esa 299 km/soatgacha olib chiqqan.

Bundan tashqari, qoidabuzarning Instagram sahifasida u avval ham tezlik bilan bogʻliq qoidabuzarliklar sodir etgani aks etgan videolarni koʻrish mumkin.

Oʻzini “Oʻzbekistondagi birinchi motobloger” deb ta'riflovchi shaxs YHXB matbuot kotibining savoliga javoban 310 km/soat tezlikda harakatlangani aks etgan videosini avgust oylarida olganini aytgan va bu holat “boshqa qaytarilmasligi”ga va'da bergan.

Tarixda birinchi marta YPX xodimi 310 tezlikka protokol tuzyapti. Endi savol-da, 310 tezlikka “shtraf” nech pul boʻladi? Kim nima deb oʻylaydi?” – deya kulgan u storisga joylagan videosida.

Hammaga rahmat. Asosiysi, kontentni toʻxtatmaymiz”, – degan u boshqa bir storisda.

Qoidabuzar tezligi bilan maqtangan videosini sahifasidan oʻchirib yubormagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 310 km/soat tezlikda harakatlangan mototsikl haydovchisi jarima qoʻllandi