112
Buxoroda soxta raqam taqib 106 marta qoida buzgan haydovchi ushlanib qonuniy jazoga tortildi
Foto: Videodan kadr
Buxoroda mashinasiga soxta davlat raqami taqib harakatlangan haydovchi 106 marta qoidalarni buzgan. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Buxoro viloyatida yashovchi haydovchi bir muddat mashinasiga soxta raqam taqqan holda harakatlangan.
“Bu kun” informatsion dasturida aytilishicha, YPX xodimlari uni soxta davlat raqami taqib harakatlanib yurganida toʻxtatishganda haydovchi ularga mashinasini bir soatga qoldirmay olib chiqib ketishini aytgan.
Biroq mashina egasi barcha jarimalarni toʻlamaguncha jarima maydonchasida 94 kun davomida turgan. Bu davrda barcha qoidabuzarliklari aniqlanib, unga ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Shunda haydovchi soxta raqam bilan jami 106 marta qoidalarni buzgani va jarimalar miqdori 138 mln soʻmni tashkil etgani aniqlangan.
Xabarda aytilishicha, haydovchi jarimalarni 50 foiz chegirma asosida toʻlagan. Bundan tashqari, soxta raqam taqib yurgani uchun unga MJtKning 125-moddasi 6-qismi bilan BHMning 10 barobari (3 750 000 soʻm) miqdorida jarimaga tortilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bir fuqaroga rasmiylashtiriladigan kartalar soniga cheklov kiritildi
APL klubi Abduqodir Husanovga hammadan koʻproq narx taklif qildi
Tibetda kuchli 7,1 magnitudali zilzila sodir boʻldi
Eronda bir yil ichida qancha odam qatl etilgan?
"Superliga - 2024"ning eng yaxshi futbolchisi yangi mavsumni qayerda oʻtkazadi?
Vladimir Putin Rojdestvo bayramini qanday kutib oldi?
Oilaviy tinchlikning siri nimada?
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi