16:16 / 05.01.2025
25

Litsenziya olmasdan odamlarni Umraga yuborgan firmalarga chora koʻrildi


Kerakli litsenziyaga ega boʻlmasdan turib, odamlarni Umra ziyoratiga yuborgan tadbirkorlik sub'ektlariga chora koʻrilgan. Bu haqda Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Din ishlari boʻyicha qoʻmita tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlarda Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida joylashgan “Xurmo travel umra” MChJ (Saxiy travel) fuqarolarga litsenziyasiz Umra tadbiri tashkil etib kelgani aniqlangan.
Litsenziya olmasdan odamlarni Umraga yuborgan firmalarga chora koʻrildi
Shuningdek, Surxondaryo viloyati Denov shahrida “Anor tour”, Toshkent shahri Chilonzor tumanida “Sokin travel” nomi ostida jismoniy shaxslar tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtmasdan Umra tadbiri tashkil etib kelingani aniqlangan.

Qayd etilishicha, qoʻmita tomonidan “Xurmo travel umra” MChJ (Saxiy travel)ga nisbatan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi qonunning tegishli moddalari talablari buzilishi yuzasidan ish qoʻzgʻatilib, ishni koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan BHMning 200 baravari miqdorida (75 mln soʻm) jarima qoʻllash boʻyicha qaror qabul qilingan.

“Anor tour” va “Sokin travel” nomlari ostida ishlab kelgan jismoniy shaxslarning xatti-harakatlari boʻyicha toʻplangan materiallar tegishli chora koʻrish yuzasidan huquq-tartibot organlariga yuborilgan.

“Ogoh boʻling, Umra tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga oid xizmatlarni litsenziyaga ega boʻlmagan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan koʻrsatish taqiqlangan”, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Litsenziya olmasdan odamlarni Umraga yuborgan firmalarga chora koʻrildi