155
Amaldorlarga xizmat avtomobillari, mebel va ofis jihozlari xaridini kamaytirish buyurildi
25 dekabr kuni Oʻzbekiston prezidenti 2025 yilgi davlat byudjetiga doir qaror imzoladi.
Qarorga koʻra, birinchi darajali byudjet mablagʻlari taqchimlovchilari, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi va hududiy hokimliklar 2025 yilda byudjet mablagʻlarini tejash va samaradorligini oshirish boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrishi kerak.
Konsolidatsiyalashgan byudjet taqchilligining oshishiga olib kelishi mumkin boʻlgan davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari hisobidan qoʻshimcha xarajatlar faqat qoʻshimcha daromad manbayi mavjud boʻlganda yoki boshqa xarajatlarni qisqartirish hisobiga amalga oshiriladi.
Yil oxirigacha quyidagilar boʻyicha takliflar kiritish taqiqlandi:
- respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining boshqaruv xodimlari ish haqi miqdorlarini oshirish (mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini oshirish bundan mustasno);
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar byudjetlarining qoʻshimcha manbalari hisobidan xizmat avtomobillari (maxsus avtotransport vlositalari bundan mustasno), qimmatbaho yumshoq mebellar va ofis jihozlari (ta'lim, ilm-fan, sogʻliqni saqlash, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida foydalaniladiganlardan tashqari) xarid qilish.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari hisobidan xizmat avtomobillari (maxsus avtotransport vositalari bundan mustasno), qimmatbaho yumshoq mebellar va ofis jihozlari faqatgina Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda xarid qilinadi.
Byudjet tashkilotlarining 2025 yil uchun xarajatlar smetasini tuzish jarayonida mebel va ofis jihozlari hamda tovar-moddiy zaxiralarini xarid qilish xarajatlari miqdorini 2024 yilga nisbatan 10 foizga kamaytirgan holda (bogʻchalar, umumta'lim maktablari va sogʻliqni saqlash muassasalaridan tashqari) rejalashtirish topshirigʻi berildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlariga quyidagilar qat'iyan taqiqlandi:
- byudjet xarajatlari parametrlarini shakllantirishda ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar, oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmon vositalarini sotib olish, shuningdek, kommunal xizmatlar xarajatlari uchun mablagʻ etishmovchiligiga yoʻl qoʻyish;
- mahalliy byudjet va uning qoʻshimcha manbalari hisobidan normativ-huquqiy asosi boʻlmagan qoʻshimcha shtat birliklarini saqlash;
- moliyalashtirish manbayi aniq boʻlmagan tadbirlarni amalga oshirish.
2025 yil 1 yanvardan tuman (shahar) byudjetlaridan mablagʻ bilan ta'minlanadigan sogʻliqni saqlash muassasalarini saqlash xarajatlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan moliyalashtirishga oʻtkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Yurak xurujining oldini olish uchun bir umrga tatigulik maslahatlar
Shu desangiz, ukam...(hajviya)
Zelenskiy Ukrainada saylovlar qachon boʻlib oʻtishini ma'lum qildi
Daydi odam qanday qilib restoran egasiga aylandi?
Harbiy tahlilchi: “Ukraina kuniga 20 kvadrat kilometrgacha hudud yoʻqotmoqda”
Srechko Katanesdan "kuyganlar"...
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning siyosiy yoʻli qanday kechgan?
Xitoyda metapnevmovirus grippdan keyingi ikkinchi eng koʻp tarqalgan OʻRVIga aylandi