Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpogʻiston Tez tibbiy yordam xodimi kaltaklangani aks etgan video tarqalgan edi. Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi SSV Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, Amudaryo tumani Tez tibbiy yordam boʻlimiga soat 19:40 da ushbu tumanning «Qilichboy» MFYda yashovchi 1997 yilda tugʻilgan K.R. ismli (ayol) fuqaro boʻyicha chaqiruv kelib tushgan.
Chaqiruvga asosan, shifokor S.P. va feldsher B.J. haydovchi M.H. boshqaruvidagi maxsus avtomashinada chaqirilgan manzilga 8 daqiqa 30 soniyada etib borgan.
Tez tibbiy yordam xodimlari bemorni tekshiruvdan oʻtkazib, unga zarur tibbiy yordam koʻrsatgan. Shu vaqtda bemor mast holatdagi qaynotasiga xonadan chiqib turishni iltimos qilgan va qaynotasi xonadan agressiv holatda chiqib ketgan.
Xodimlar bemorga kerakli yordamni koʻrsatib boʻlib, tashqariga chiqayotgan paytda, bemorning qaynotasi shifokor va feldsherga hujum qilib, tanasining yuzi va boʻyniga yengil tan jarohati etkazgan. Shuningdek, ularni tahqirlab, haqoratli soʻzlarni aytgan.
Mazkur holat yuzasidan tibbiy xodimlarga kuch ishlatgan shaxs IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan.
Tan jarohati olgan xodimlar esa Amudaryo tuman tibbiyot birlashmasining travmatologiya punktida koʻrikdan oʻtkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kechagi uchrashuvda Eldor Shomurodovning oʻyini qanday baholandi?
Megan Markl Netflix’da oʻzining shaxsiy layfstayl shousini taqdim etdi (video)
Redmi Turbo 4 va Poco X7 Pro: yangi smartfonlar haqida barcha ma'lumotlar!
Rossiyada ham xavfli virus tarqalmoqda
"Real" Madrid ham Abduqodir Husanov uchun kurashga qoʻshildi!
Las-Vegasdagi portlash: haydovchi amerikaliklarga xat qoldirgan ekan...
Oʻzbekistonning harbiy salohiyati qanday?
Ukraina armiyasi Kursk oblastida hujumga oʻtdi