06:24 / 09.01.2025
171

Kuniga 10 ming qadam yurganlarni ragʻbatlantirish taklif etilmoqda

Kuniga 10 ming qadam yurganlarni ragʻbatlantirish taklif etilmoqda
Oʻzbekistonda aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yoʻlga qoʻyiladi. Bu – 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida koʻzda tutilgan.

“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
  • bir sutka davomida kamida 10 ming qadam yurishni targʻib qilish;
  • yuqori koʻrsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan banklarda iste'mol kreditini olishda chegirma taqdim etish;
  • oilaning barcha voyaga etgan a'zolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil berish;
  • aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini oʻtkazish va gʻolib boʻlgan mahallalar jamgʻarmasiga bolalar maydonchasini qurish, yashil bogʻ yaratish hamda chiqindi yigʻish maydonchalarini qurish va chiqindi konteynerlarini oʻrnatishga 500 million soʻm ajratish.

Yuqoridagilarni nazarda tutuvchi elektron platforma 2025 yil 1 iyungacha ishga tushirilishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda piyoda yurganlarni mukofotlash tizimi 2021 yil mart oyida ham yoʻlga qoʻyilgandi. Oʻshanda 1hls.uz platformasi ishga tushirilib, shu orqali kuniga 10 ming qadamdan ortiq yurgan fuqarolarga 3 ming soʻmdan toʻlash boshlangan edi. Lekin koʻp oʻtmay, 2022 yil yanvarida bu jarayon toʻxtatib qoʻyilgandi.

2022 yil may oyiga kelib, jamoatchilik piyoda yurganlarni mukofotlash imi-jimida bekor qilib yuborilganidan xabar topgandi.

Oʻshanda piyoda yuruvchilarga platformada hisoblangan pul mukofotlarining bir qismi oxir-oqibat toʻlanmay qolgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat