Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi Yangiyoʻl tuman boʻlimi davlat inspektorlariga nisbatan xizmat vaqtida noma'lum shaxslar tomonidan bezorilik harakatlari sodir etildi.
Joriy yil 4 yanvar kuni Yangiyoʻl tumani Samarqand MFY hududida tuman Ekologiya boʻlimi boshligʻi A.N. hamda bosh mutaxassis A.J. navbatdagi nazorat reyd tadbirlarini olib borayotgan paytda ularga nisbatan bezorilik jinoyati sodir etilgan.
Xabarda aytilishicha, 4 nafar noma'lum shaxs oʻzlarining «Jiguli» rusumidagi mashinasida ekologiya inspektorlarining yoʻlini toʻsib, xizmat faoliyatiga toʻsqinlik qilgan. Xodimlar oʻzlarini tanishtirish maqsadida xizmat guvohnomalarini taqdim etgan vaqtda esa huquqbuzarlar ularga tashlanib, turli tan jarohatlari etkazgan va kiyimlarini yaroqsiz holatga keltirishgan.
Inspektorlarga Yangiyoʻl tumani markaziy shifoxonasida birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. Ularning ahvoli oʻrtacha darajada deya baholanmoqda. Hozirda ushbu holat Yangiyoʻl tumani IIB tomonidan oʻrganilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
18+: Internetdagi axloqsiz va qonli batllari orqali mashhur blogerlarni qoʻllayotganlar kimlar?
Gulnora Karimovaga qarashli boʻlgan “Sijjak” dam olish maskani Kasaba uyushmasiga berildi
2025 yil 1 maydan boshlab “Toza qoʻllar” dasturi amalga oshiriladi
Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi transyogʻlarni aniqlash boshlanadi
Qamchiq dovonidagi zaxira yoʻlda qor uchgani chiqqan 2 kishi vafot etdi
Oʻzbekistonda mashina oʻgʻirlanishi holatlari ortib bormoqda: haydovchilarga qanday choralar tavsiya etilmoqda?
2025 yilda Ai-80 benzini sotuvi cheklanishi mumkin
Kuniga 10 ming qadam yurganlarni ragʻbatlantirish taklif etilmoqda