
Foto: UzAuto Motors
Odiljon Bastamqulovich Bastamqulov UzAuto Motors AJ bosh direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda kompaniya veb-saytida ma'lumot berildi.
Qayd qilinishicha, Bastamqulov doimiy direktor tayinlangunga qadar kompaniyaga rahbarlik qiladi. Ilgari u avtomobil oynalari ishlab chiqaruvchi «Avtooyna» korxonasini boshqargan.
Bunga qadar UzAuto Motors kompaniyasini shvetsiyalik Bo Andersson boshqargan va 2024 yil dekabrida lavozimini tark etgan edi. U Yaponiyaning Sanoh Industrial kompaniyasiga ishga joylashdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar