Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahrida gul etishtirish faoliyati bilan shugʻullanuvchi mas'uliyati cheklangan jamiyatning muqaddam prokuratura organlarida ishlagan va sudlangan yuristi savdo-sotiq sohasiga ixtisoslashgan mas'uliyati cheklangan jamiyat mansabdor xodimlariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184 va 189-moddalari bilan qoʻzgʻatilib, Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxsga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllamaslik masalasini mazkur tuman prokuraturasi mansabdor shaxslari orqali hal qilib berish evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilib, shundan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.
Tezkor tadbir davom ettirilib, mas'uliyati cheklangan jamiyat yuristining avtomashinasida Olmazor tumani prokuraturasi tergovchisi undan ushbu pul mablagʻini pora sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, holat protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda prokuratura tergovchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan, mas'uliyati cheklangan jamiyat yuristiga nisbatan esa Jinoyat Kodeksining 212-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Boʻstonliqda qoʻngʻir ayiq oʻldirib ketildi
Markaziy bank: qoʻngʻiroqqa javob berish bilan kartadagi pullar avtomatik echib olinmaydi
Qidiruvdagi avtomashinaning Navoiy shahrida harakatlanganligi aniqlandi
Koʻproq pensiya olish uchun nima qilish kerak?
UzAuto Motors kompaniyasiga vaqtinchalik rahbar tayinlandi
Oʻzbekistonga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar
“Mutlaqo maxfiy”: Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd boʻyia jinoyat ishi sudda koʻrilmoqda
FVB boshligʻi 160 ming AQSh dollari olayotganda qoʻlga olindi